Xitoyning yana bir strategik qadami yoxud 25 yillik investitsiya

Xitoy va Eron o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzoladi. Unga ko‘ra Xitoy Eronga 400 milliard dollar sarmoya kiritishni mo‘ljallamoqda. Bu harakat Yaqin Sharq deosiyosatini va Eronning yakkalanishini yumshatishda muhim qadam bo‘lishi mumkin.
Xitoy 25 yil muddatga kiritayotgan sarmoyasi evaziga Eronda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash uchun neft siyosatini ilgari surmoqchi.


The New York Times tahlilchilarining fikriga ko‘ra ushbu kelishuv Xitoyning ta’sirini kuchaytirib, Yaqin Sharqdagi kuchlar muvozanatiga putur yetkazishi mumkin.
АQSh tomoni esa imkon qadar Eronni izolatsiya qilish harakatida.
Tomonlar imzolagan loyihaning to‘liq tafsilotlari hali e’lon qilinganicha yo‘q. Аmmo xabarlarga ko‘ra kiritilayotgan sarmoya evaziga Eronda o‘nlab sohalarni rivojlantirish mumkin. Bunda bank, telekommunikatsiya, portlar, temiryo‘llar, sog‘liqni saqlash, va axborot texnologiyalarini rivojlantirishga asosiy e’tibor qaratiladi.
Mazkur “saxovat” evaziga Xitoy Eron neftini sezilarli chegirmalar bilan yetkazib berish huquqini qo‘lga kiritadi.