1-aprel kuni Poytaxtimizda ayrim ko'chalar yopiladi

Joriy yilning 1-aprel kuni “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida yosh yigit-qizlar va havaskorlar o‘rtasida duatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazilishi sababli, Yangi O‘zbekiston ko‘chasida avtotransport vositalarining harakati cheklanadi.
soat 07:00 dan 08:00 gacha
— Yangi O‘zbekiston ko‘chasining Istiqlol ko‘chasidan 3 qavatli yo‘l o‘tkazgichgacha bo‘lgan qismida qisman;
08:00 dan 12:00 gacha
— Yangi O‘zbekiston ko‘chasining Istiqlol ko‘chasidan 3 qavatli yo‘l o‘tkazgichgacha bo‘lgan qismida har ikki yo‘nalishda to‘liq;
08:00 dan 12:00 gacha
— Jasorat tor ko‘chasining Jasorat ko‘chasidan Yangi O‘zbekiston ko‘chasigacha bo‘lgan qismi yopiladi.






