1-avgustga qadar ichki aviaqatnovlarni haftasiga 90 taga koʼpaytirish vazifasi qo’yildi

Yig’ilishda transport sohasiga to’xtalib, xususiy investorlarni jalb qilish ishlari sustligi koʼrsatib oʼtildi.

Shu bois, transport vaziri I.Mahkamovga:

aeroportlarga xususiy sheriklik asosida investorlarni jalb qilish ishlari qoniqarsizligi;

Toshkent-Samarqand va Toshkent-Аndijon yoʼnalishidagi tez yurar avtomobil yoʼllarini qurish boʼyicha xususiy sheriklik loyihalari ham qoniqarsizligi;

hududlar oʼrtasida avia, temir yoʼl va avtotransport qatnovlarini koʼpaytirish ishlari oʼz holiga tashlab qoʼyilgani koʼrsatib oʼtildi va oxirgi marta ogohlantirish berildi.

Transport vazirligi va “Uzbekistan Airports”ga:

1-iyulga qadar aeroportlarga xususiy sheriklik asosida investor hamda ichki aviaqatnovlar uchun loukosterlarni jalb qilish boʼyicha amaliy ishlarni boshlash;

1-avgustga qadar ichki aviaqatnovlarni haftasiga 90 taga koʼpaytirish topshirildi.

Temir yoʼl tizimi transformatsiyasini jadallashtirish zarurligi qayd etildi.

Аvtomobil yoʼllari sohasida qurilish sifati va ajratilayotgan mablagʼlar nazorati boʼyicha takliflar ishlab chiqish vazifasi qoʼyildi.