10-15-yanvar kunlari respublika bo‘yicha anomal sovuq ob-havo kuzatilishi kutilmoqda

Joriy yilning 9-yanvar kuni O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi hududlaridan Rossiya Yevropa qismining shimoliy hududlarida shakllangan sovuq havo massasi kirib kelishi boshlanadi. 9-11-yanvarda respublika hududining ma’lum qismida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi.

10-15-yanvar kunlari respublika bo‘yicha anomal sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari -12-17 daraja sovuq, kunduzi -5-8 daraja sovuq; shimolda kechalari -17-22 daraja sovuq, Ustyurtda va cho‘l hududlarning ba’zi joylarida -25-27 sovuq, kunduzi -7-10 daraja sovuq, janubda va Farg‘ona vodiysida kechalari -5-10 sovuq, kunduzi -2-5 darajagacha pasayadi.