11 ta aviareys bilan 2 579 nafar vatandoshimiz qaytarildi

Polsha hududida mamlakatimizning 1 480 dan ortiq fuqarosi qolmoqda. Ulardan 700 nafari Polsha davlat chegarasidagi to'planish nuqtasiga, 780 nafari esa Katovitse aeroportiga joylashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakilining axborotiga ko’ra, 2022-yilning 3-4 mart kunlari Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 720 nafar O'zbekiston fuqarosi olib kelindi.

4-mart holatiga ko'ra, umumiy hisobda 11 ta aviareys bilan 2 579 nafar vatandoshimiz qaytarildi.

Mutaxassislarning fikricha, O'zbekiston o’z fuqarolarini jangovar harakatlar zonasidan olib chiqish bo'yicha tezkor ishlarni yo'lga qo'ygan sanoqli davlatlar safiga kirdi. Barcha qaytarish reyslari bepul amalga oshirilmoqda.