O‘zbekistonda 2022-yilda 12 millionga yaqin ichki sayohat amalga oshirildi

Madaniyat va turizm vazirligida ichki turizmni rivojlantirishga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda ichki turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda sohani rivojlantirish, xususan, 2023-yilda ichki turizm sohasida oldinga qo‘yilgan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish masalasi muhokama qilindi.
Ma'lumot uchun, yurtimizda turizm sohasiga berilgan imkoniyatlar, jumladan, ichki turizmni rivojlantirish maqsadida qabul qilingan Qonun, qonun osti hujjatlar, farmon hamda qarorlar natijasida ichki turizm rivojlanmoqda.
Uchrashuv doirasida ma’lum qilinishicha, 2022-yil davomida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturi doirasida 11 435 000 ta (2021-yilga nisbatan 1,9 barobar ko‘p) ichki sayohatlar amalga oshirilgan. Jumladan, 700,1 mingta mehnat jamoalari sayohatlari, 37,9 mingta ayollar daftariga kiritilgan xotin-qizlar sayohatlari, 1,4 mingta notinch oilalar sayohatlari, 588,3 mingta yoshlar hamda nuroniylar sayohatlari hamda 10 mln 107,4 mingta mahalliy aholi sayohatlari tashkil qilindi.






