14 kunlik izolyatsiya muddati 7 kungacha qisqartiriladi

 
O‘zbekistonda COVID-19 ga chalingan bemor bilan aloqada bo‘lganlar uchun izolyatsiya muddati qisqartiriladi.
 
Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi yangi qaror qabul qildi.
 
Hujjatga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar bilan aloqada bo‘lgan shaxslarning o‘zini izolyatsiya qilish muddati 7 kungacha qisqartiriladi. Ilgari bu muddat 14 kun edi.
 
Sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotida aytilishicha, karantin muddati bemor organizmida omicron shtammi rivojlanishining yashirin davri koronavirusning oldingi versiyalariga nisbatan qisqaligi sababli kamaytirilgan.