1560 MVt quvvatga ega bo’lgan Surxondaryo IES qurilishi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyati Аngor tumanida quvvati 1560 megavattli yangi issiqlik elektr stantsiyasi qurilishini boshlash marosimida ishtirok etdi.
O‘zbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi elchixonasi tomonidan Bryussel press-klubida “O‘zbekistonda innovatsion Yevropa investitsiyalarining iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratish” mavzusida taqdimot o‘tkazilib, unda Surxondaryo viloyatida quvvati 1,55 GVt bo‘lgan kombinat ishlab chiqarish zavodining loyihasi taqdim etilgan edi.
2021-yil “National Electric Grids” AJ va “Stoun City Energy” (Niderlandiya) o‘rtasidagi davlat-xususiy sheriklik doirasida yangi issiqlik elektr stansiyasini qurish bo‘yicha investitsiya shartnomasi, shuningdek, ushbu issiqlik elektr stansiyasidan DXSh tamoyillari bo'yicha elektr energiyasini sotib olish bo'yicha shartnoma imzolangan edi.
Mazkur loyihaning bunyodkorlik ishlari uchun Surxondaryo viloyatining Angor tumanidan 150 gektar yer maydoni ajratilgan. 1560 MVt quvvatga ega issiqlik elektr stansiyasi qurilish loyihasining qiymati 1,2 milliard dollarni tashkil etadi. 2024-yil yakuniga qadar ishga tushirilishi ko’zda tutilgan ushbu loyiha 2000 dan ortiq ish o‘rniga ega bo’lishi haqida ham ma’lumotlar mavjud.






