1966-yilgi Toshkent zilzilasi haqida badiiy film suratga olinadi

XIV Toshkent xalqaro kinofestivalining biznes-dasturi doirasida Oʼzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi va Rossiyaning “Mars Media” kinostudiyasi oʼrtasida qoʼshma hamkorlik toʼgʼrisidagi memorandumni imzolash doirasida bu borada kelishuvga erishildi.

Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Аbduxoliqov kino sohasidagi hamkorlikni bunday keng koʼlamda kengayishi davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan siyosat, kinematografiya sohasiga qaratilayotgan eʼtibor tufayli amalga oshirilganini alohida taʼkidlab oʼtdi.

P.S. “Ipak yoʼli durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivali joriy yilning 13-18-sentabr kunlari boʼlib oʼtadi. Unda dunyoning 40 ta davlatidan, jumladan, Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Tojikiston, Turkmanistondan 500 dan ortiq kinematograflar ishtirok etmoqda. Kinofestival doirasida 150 ta badiiy, hujjatli va qisqa metrajli filmlar namoyish etiladi.