20 avgust -

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot chog'ida prezident har yili 20 avgust kuni mamlakatimizda nishonlashni taklif qildi. Ushbu tashabbus ishtirokchilar tomonidan faol qo'llab-quvvatlandi.
Siz ko'targan dolzarb masalalardan, ularni hal etish bo'yicha aniq takliflardan tadbirkorlarimizning bilim darajasi keskin oshgani, dunyoqarash o'zgargani, ish uslubi va innovatsion yondashuvlar bugungi kunda mutlaqo boshqacha ekanligi yaqqol ko'rinib turibdi. Men bundan juda mamnunman. Bugungi tajribamizga asoslanib, biz har yili ushbu uchrashuvni yaxshi an'anaga aylantiramiz. Bugungi sana, ya'ni 20 avgust, mamlakatimizda "Tadbirkor kuni" deb e'lon qilib, har yili uni keng nishonlasak, - dedi Prezidentimiz.
Endi har yili bir kunda prezident biznes vakillari bilan ochiq muloqot o'tkazadi. Bir yillik ish natijalari sarhisob qilinadi va shu kuni eng ilg'or biznes vakillariga davlat mukofotlari topshiriladi.






