200 mlndan ortiq Twitter foydalanuvchilarining maʼlumotlari sotuvga qoʻyilgan

Reuters agentligi xabariga ko’ra, 5-yanvar kuni 200 milliondan ortiq Twitter foydalanuvchilarining elektron pochta manzillari o’g’irlanib, xakerlar forumida sotuvga qo’yilgan. Qayd etilishicha, bu xakerlik ijtimoiy tarmoqlar tarixidagi eng katta buzg’unchiliklardan biri ekani aytilgan.

Ushbu xakerlik 2021-yilda, ya’ni Ilon Mask kompaniyaga egalik qilishidan oldin sodir bo’lgan. O’g’irlangan ma’lumotlar bazasi esa endi sotuvga qo’yilgan.

Nashrning yozishicha, Twitter xavfsizlik tizimidagi ushbu jiddiy buzilish Atlantika okeanining har ikki tomonidagi regulyator muassasalarini qiziqtirishi mumkin. Irlandiya maʼlumotlarini himoya qilish komissiyasi va AQSh Federal savdo komissiyasi Twitterning tegishli ravishda maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha Yevropa va AQSh qoidalariga rioya qilishi ustidan nazorat o’rnatgan.

P.S. Ilon Maskga tegishli kompaniyaning Yevropadagi shtab-kvartirasi aynan Irlandiyada joylashgan.