2021-2022 yillarda uzumchilikni rivojlantirish bo‘yicha qanday natijalar va o‘zgarishlar kutilmoqda?

Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida uzumchilikni rivojlantirish bo‘yicha 4 kunlik amaliy seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur seminarni bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev ishtirokida ochiq deb e’lon qildi.
«Ushbu seminarga davlatimiz rahbari topshirig‘iga binoan uzumchilikka ixtisoslashgan 47 ta tuman rahbarlari taklif etildi, - dedi qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev.
O'zbekistonda uzumchilikni yanada rivojlantirishning asosiy vazifalari belgilab olindi.
1) Uzum yetishtirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish;
2) Klaster va kooperativlar yaratadigan potensial tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash;
3) Klasterlar va kooperativlarga biznes-reja tayyorlashga doimiy ko‘maklashib borish;
4) Uzum ko‘chatlariga sertifikat berish laboratoriyalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
5) 5 ta invitro-laboratoriyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
6) 2 mln donadan ko‘chat tayyorlash imkoniyatiga ega 5 ta ko‘chatxona (pitomnik)lar tashkil etish;
7) Uzumzorlarga tomchilatib sug‘orish texnologiyalari joriy qilishni kengaytirish.






