2021-yil yakunlariga koʼra ShHTga aʼzo davlatlar tashqi savdoning oʼsishi 8 trillion dollardan oshdi

Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) Samarqand sammitida a’zo mamlakatlar sifatida hamkorlik qilayotgan 15 davlat rahbarlari va o‘nta xalqaro tashkilot rahbarlari ishtirok etadi. Bugungi kunda Jahon iqtisodiyotining yangi sharoitida O‘zbekiston Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlarning iqtisodiy hamkorlik salohiyatini rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda.

2021-yil yakunlariga ko'ra ShHTga a'zo davlatlar tashqi savdosining o'sishi 33 foizdan yuqorilab, 8 trillion dollardan oshdi va tashkilot makonidagi ichki savdo aylanmasi qariyb 40 foizga o'sib, 768 milliard dollarni tashkil etdi. Bu ko'rsatkichlar tashkilotga a'zo mamlakatlar uchun yangi imkoniyatlar ochilishi mumkinligini anglatadi.

Mamlakatimizning investisiya imkoniyatlarini oshirish, SHHT lari o‘rtasida kapital almashinuvini yangi bosqich va miqdorga ko‘tarish, ushbu masala bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish, ikki tomonlama manfaatlarni ro‘yobga chiqarish va iqtisodiy islohotlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

O‘zbekistonning "iqtisodiy" tashabbuslari qatorida SHHT ishbilarmonlar Kengashi doirasida o‘zaro sarmoyalarni ilgari surish bo‘yicha global moliyaviy-iqtisodiy tahlikalarni yumshatishga qaratilgan qo‘shma harakat rejasini ishlab chiqishi turmush darajasining keskin pasayib ketishini oldini olish, oziq oaqat xavfsizligini ta’minlash va iqtisodiy yuksalishga erishish hisobidan aholi turmush farovonligini oshirish chora-tadbirlarini qamrab oladi.

Sammitda SHHTning mintaqalararo savdoni rivojlantirish dasturi imzolanishi rejalashtirilgan. Bunda, har bir a’zo mamlakatning ichki imkoniyatlari va tashqi hamkorlik omillari nafaqat o‘zaro savdo-sotiqni, shu bilan birga milliy ishlab chiqarish yo‘nalishlarining trasformasiya qilinishiga erishish mumkin bo‘ladi. Natijada o‘zaro savdo-sotiqni tovarlar va xizmatlar nomenklautrasining kengayishi, tarkibining yanada yangilanishi va oqibatda, tashkilotning barcha a’zolarining iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, SHHTga a’zo davlatlar farovonligini rivojlantirish uchun O‘zbekiston tomonidan sanoat kooperasiyasini rag‘batlantirish bo‘yicha taklif etilgan dasturning qabul qilinishi, iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishida o‘zgarishlarni ta’minlab, ishga solinmagan ishlab chiqarish salohiyatini yuzaga chiqarish, iqtisodiy o‘sishning yangi nuqtalarini yaratish, yangi ish o‘rinlarini barpo etish, jumladan xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligini yangi pog‘onaga ko‘tarish hamda uchinchi mamlakatlarga qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar eksportining tarkibini kengaytirish imkonini beradi.