2021 yildan boshlab O'zbekistonda jami 55 ming korxona tashkil etildi

Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, joriy yilning dastlabki olti oyida fermer va dehqon xo'jaliklarini hisobga olmaganda iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha yangi tashkil etilgan korxonalar soni deyarli 55 mingtaga yetdi.
Quyidagi tashkil etilgan korxonalarning asosiy yo'nalishlari:
1) Savdoda (18726);
2) Sanoat sohasida (11120);
3) Qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi sohalarida (7814);
4) Qurilish sohasida (3614);
5) Turar joy va umumiy ovqatlanish xizmatlari korxonalari (3345);
6) Axborot-kommunikatsiya korxonalari (1319);
7) Tashish faoliyati bilan shug'ullanuvchi korxonalar(1319);
8) Sog'liqni saqlash, ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish korxonalar (899);
9) Boshqalar (6537).
Aytish kerakki, eng ko'p korxonalar savdo sohasida tashkil etilgan. Bu shuni ko'rsatadiki, tadbirkorlar, asosan, O'zbekiston eksport salohiyatini rivojlantirish orqali mamlakatimizning farovonligini oshirishmoqda.






