2022-yil eng issiq yil sifatida qayd etildi

Copernicus iqlim xizmati mutaxassislarining qayd etishicha, 2022-yil ekstremal iqlim, anomal harorat va atmosferada is gazlarining yuqori konsentratsiyalashuvi hodisalariga boy bo‘lgan. O’tgan yilning yozi Yevropada kuzatuv tarixi boshlangandan buyon eng issiq yil sifatida qayd etildi, kuz ham odatdagidan issiq kelgan.

Yilning o‘rtacha harorati 1991-yildan 2020-yilga bo‘lgan harorat bilan solishtirganda Selsiy bo‘yicha 0,3 daraja yuqori bo‘lgan, 1850-1900-yil bilan taqqoslaganda esa tafovut 1,2 darajani qayd etmoqda, deyilgan xabarda.