2022-yilda 2,3 mingdan ortiq xorijlik O‘zbekistonga ko‘chib kelgan

Davlat statistika agentligi ma'lumotiga ko‘ra, 2022-yilda xorijdan O‘zbekistonga 2,3 ming kishi ko‘chib kelgan. Bu oxirgi 5 yilga nisbatan sezilarli kamaygan.
2018-yilda 2,9 ming, 2019-yilda 2,5 ming, 2020-yilda 1,1, 2021-yilda 1,9 ming kishi O‘zbekistonga doimiy yashash uchun kelgan.
Shuningdek, o'tgan yili yashash uchun vatan qilib O'zbekistonni tanlagan 2,3 ming fuqarodan erkaklar 1,1 ming kishini, ayollar 1,2 mingtani tashkil etdi.
O‘zbekistonga xorijiy mamlakatlardan ko‘chib kelganlarning asosiy qismi Rossiya (jami xorijdan ko‘chib kelganlarning 35 foizi), Qozog‘iston (32,8 foiz), Tojikiston (6,7 foiz), Qirg‘iziston (4,8 foiz), Turkmaniston (1,6 foiz) va boshqa mamlakatlar (19,1 foiz) hissasiga to‘g‘ri kelgan.






