2022 yilda respublikada 29 ta Yangi O'zbekiston massivlari paydo bo'ladi

9-dekabr kuni Prezidentimizning " Yangi O'zbekiston massivlarini qurish va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari '' to'g'risidagi Farmoni imzolandi.
Unda kelgusi yilda Respublikamizda 29 ta "Yangi O'zbekiston" massivlari paydo bo'ladi, ular uy-joyga, tuman yoki shahar markazlariga tutash hududlarda yuqori talab mavjud bo'lgan joylarda qurilishi farmonda nazarda tutilgan
Shuningdek, Farmonda jami 29 massivda 619 ta ko'p qavatli bino, 18 ta umumta'lim maktabi, 24 ta bolalar bog'chasi, 15 ta tibbiyot muassasasi barpo etilishi nazarda tutilgan.
Ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko'rsatish ob'ektlari uchun yer uchastkalari tadbirkorlar ijara va mulk sharoitida ham sotib olishlari mumkin. Shuningdek, davlat ushbu loyiha doirasida qishloq xo'jaligi yerlarini "Aholi punktlari yerlari" va "Sanoat maqsadlari uchun mo'ljallangan yerlar" toifasiga o'tkazdi. Qurilish uchun qishloq xo'jaligida 489 gektar past rentabelli yerlardan foydalanish ko'zda tutilgan.






