2023-yilda yana 1 million aholini kambagʼallikdan chiqarish vazifasi qoʼyildi

Mahalladagi ishsiz aholini daromadli qilish maqsadida 1 mingta mahallaga xizmat koʼrsatuvchi 300 ta mikromarkaz tashkil etish dasturi boshlangan. Davlatimiz rahbari 1-aprelga qadar har bir viloyatda kamida 5 tadan mikromarkazni ishga tushirish zarurligini taʼkidladi.

Joriy yilda Gʼijduvon, Buloqboshi, Zangiota, Fargʼona tumanlari, Qoʼqon, Margʼilon, Urganch shaharlarida kamida 20 tadan shunday markazlarni tashkil qilish topshirildi.

Umuman, 2023-yilda yana 1 million aholini kambagʼallikdan chiqarish vazifasi qoʼyildi.

Yigʼilish yakunida hududlar va soha uchun masʼul mutasaddilarning axboroti tinglandi.