2023-yildan Oʼzbekistonda OTMga kirishda maktab baholari hisobga olinadi

Joriy yildan boshlab oliy oʼquv yurtiga oʼqishga kirishda toʼplangan ballarga maktab attestatidan olingan oxirgi 6 yillik oʼqish baholari qoʼshiladi. Yaʼni, 6-11-sinflar yoki 6-9-sinflar va kollejlar 1-2-kurslarining yillik baholari hisobga olinadi.
Maksimal ball 100 foiz deb olinadi va ballar baho tizimiga quyidagicha oʼtkaziladi:
86-100% uchun – 5 baho;
71-85% – 4 baho;
56-70% – 3 baho;
56% gacha – 2 baho.






