2025 – yildan Bentley 5 ta turdagi elektromobillar ishlab chiqarishni boshlaydi

Bentley o'zining asosiy raqobatchisi Rolls-Roycedan farqli o'laroq, bitta elektromobilda to'xtab qolmasligini e'lon qildi. Buyuk Britaniyaning hashamatli avtomobil ishlab chiqaruvchisi elektrlashtirish bo'yicha katta rejalarini ommaga oshkor qildi. Kompaniya 2025 - yildan boshlab beshtagacha elektromobil modellarini chiqaradi. Avvalroq, Bentley elektromobillar segmentiga kirishini aytib o’tgan edi. Brend o'zining dunyodagi birinchi akkumulyatorli hashamatli avtomobilini 2025 yilda sotuvga chiqarishini ta’kidlab o’tdi.
“Dunyo oʻzgarmoqda va biz atrof-muhitga taʼsirimizni kamaytirish uchun oʻz hissamizni qoʻshishimiz lozi. Bu 2030 - yilgacha ugleroddan butunlay voz kechish maqsadimizga aylanishi kerakligini anglatadi” - dedi Bentley Motors kompaniyasi raisi va bosh direktori Adrian Xollmark.
Avtomobil ishlab chiqaruvchisi kelgusi o'n yil ichida 3,4 milliard dollar sarmoya kiritish rejalarini e'lon qildi. Elektromobillar Bentley kompaniyasining Buyuk Britaniyadagi Kru shahrida joylashgan zavodda ishlab chiqariladi. Ushbu zavod, shuningdek, kelajakda elektromobillarni yig'ish liniyasini yaratish uchun qayta konfiguratsiya qilinadi. Buning uchun Bentley o'z joyida energiya ishlab chiqarishni kengaytiradi va keyingi ikki yil ichida quyosh panellari sonini 30 000 dan 40 000 gacha oshiradi.






