21 sentabr - butun dunyoda Xalqaro tinchlik kuni

Ushbu kunni BMT Bosh Assambleyasi barcha mamlakatlar va xalqlar o‘rtasida tinchlik g‘oyalarini mustahkamlash kuni deb e’lon qilgan.
1981-yilda Bosh Assambleya 36/67-sonli rezolyusiyasi bilan Tinchlik kunini nishonlash borasida qaror qabul qilgan. Bu bayram avvallari sentabr oyining uchinchi seshanbasida nishonlanar edi. Oradan 20 yil o‘tgach, ya’ni 2001-yili Bosh Assambleya bir ovozdan 55/282-sonli rezolyusiyani qabul qildi. Unga ko‘ra, Xalqaro kun 2002-yildan boshlab, har yili 21-sentabr kuni nishonlanadigan bo‘ldi.
Mazkur sana umumjahon sulh tuzish va zo‘ravonlikka qarshi kurashish kuni sifatida nishonlanadi.
BMT bu kunda butun dunyo mamlakatlarini har qanday harbiy harakatlarni to‘xtatib, ijtimoiy informatsion aksiyalar o‘tkazishga chaqirdi.






