25 ta koʼchada avtobuslar uchun alohida yoʼlaklar tashkil etiladi

Yigʼilishda poytaxt jamoat transporti sohasida olib borilayotgan va rejalashtirilgan ishlarga toʼxtalib oʼtildi. “Biz poytaxt aholisining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, bunday xayrli ishlarimizni jadal davom ettiramiz", - deya ta’kidladi Prezident
"Mana, bugun yangi metro stansiyalarini borib koʼrdik. Yangi liniyada jami 7 ta stansiyalar ishga tushganidan keyin, metroda kunlik yoʼlovchilar soni 1 millionga chiqadi", - deya qo’shimcha qildi davlatimiz rahbari.
Shaharda tirbandlikni qisqartirish, odamlarning uzogʼini yaqin qilishga qaratilgan bu ishlar davom ettirilishi taʼkidlandi. Jumladan:
1-aprelga qadar qoʼshimcha 1 mingta avtobus olib kelinadi;
25 ta koʼchada avtobuslar uchun alohida yoʼlaklar tashkil etiladi;
yil yakunigacha 233 ta chorrahadagi svetoforlarni yoʼlovchi oqimiga qarab boshqarish tizimi joriy qilinadi;
20 ta oqim yuqori koʼchalarda xususiy sheriklik asosida jami 10 ming oʼrinli parkomatlar tashkil qilinadi;
Chilonzor, Yunusobod va Yashnobod tumanlaridagi shaharga olib kiruvchi 6 ta metro bekati atrofida avtoturargohlar tashkil qilinib, tayyor biznes sifatida auksionga chiqariladi.






