27 Sentabr – Butunjahon turizm kuni!

Mehmondo‘stlik sohasi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha insonlarni – Jahon turizm kuni bilan tabriklaymiz!
Butunjahon turizm kuni UNWTO Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan1979 yilda Ispaniyaning Torremolino shahrida tashkil etilgan va har yili 27 sentyabrda nishonlanadi. Ushbu sana 1970 yilning shu kuni Jahon sayyohlik tashkilotining Nizomi qabul qilinganligi sababli tanlangan.
Bayramning maqsadi turizmni targ'ib qilish, uning jahon hamjamiyati iqtisodiyotiga qo'shgan hissasini yoritish, turli mamlakatlar xalqlari o'rtasidagi aloqalarni rivojlantirishdir.






