28-may Ozarbayjon Respublikasining Mustaqillik kuni

Ozarbayjon davlatchiligi tiklanish kuni 1992-yildan buyon har yili 28-mayda Davlat bayrami sifatida nishonlanadi. Shu munosabat bilan, Bright Uzbekistan xalqaro loyihasi qardosh mamlakatning Mustaqillik kuni bilan muborakbod etib, davlat ravnaqi yo’lida tinchlik va osoyishtalik, o’zaro hamjihatlik hamda davomiy taraqqiyot tilab qoladi!
Bayram 1918-yilda Ozarbayjon Milliy Kengashi tomonidan Ozarbayjon Demokratik Respublikasi mustaqillikning tantanali suratda e'lon qilinishi sharafiga o’rnatilgan, shu kuni Tiflisda (hozirgi - Tbilisi) mustaqillik deklaratsiyasi imzolangan.
1918-yilda Ozarbayjon Demokratik Respublikasi tashkil etilishi Ozarbayjon tarixida yorqin sahifa hisoblanadi. Keyingi yillar, o’n yilliklar yorug’ voqealar, katta yutuqlari bilan mamlakatning va Ozarbayjon xalqining hayot bosqichlarini tashkil etadilar.
Aynan shular birgalikda hozirgi mustaqil Ozarbayjonning iqtisodiy, aqliy va madaniy potensialini yaratdi. Shu voqealar sharafiga Baku ko’chalardan biri, metropoliten bekati nomlangan, va "Istiglaliyt" (mustaqillik) ko’chasida mustaqillik deklarasiyasi matni (lotin va arab harflarida) bilan stella o’rnatilgan. Tbilisida Kavkazdagi sobiq podsho vakili saroyi zali devorida ozarboyjon, gruzin va ingliz tillaridagi yozuv bilan yodgorlik lavhasi o’rnatilgan.






