3 oyda 736 ming nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallabay ishlash tizimi natijadorligini oshirish hamda aholi bandligini taʼminlash masalalari yuzasidan videoselektor yigʼilishi bo’lib o’tmoqda.
Hokim yordamchilari uch oy davomida 35,3 million aholi yashaydigan 6 million 900 ming xonadonni toʼliq xatlovdan oʼtkazib, ularni 4 ta toifaga ajratgani taʼkidlandi. Bular:
11 foizi – kam daromadli;
47 foizi – doimiy daromadi boʼlgani bilan qoʼshimcha daromadga ehtiyoji bor;
6 foizi – ijtimoiy himoyaga muhtoj;
36 foizi – iqtisodiy ahvoli yaxshi, oʼziga toʼq oilalar hisoblanadi.
Yaʼni, yangi tizim orqali har bir hokim, uning iqtisod boʼyicha 1-oʼrinbosari va hokim yordamchilari aholining 64 foizi bilan manzilli ishlash kerakligini bilib oldilar.
Bu borada, joylardagi mutasaddi rahbarlar va hokim yordamchilari birinchi va ikkinchi toifadagi xonadonlar bilan ishlab, 3 oyda 736 ming nafar fuqaroning bandligini taʼminladi hamda 54 ming nafar fuqarolarni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʼqitdi.






