33 mamlakatni birlashtirayotgan TEKNOFEST
Ozarbayjonning Baku shahrida 26-maydan 29-mayga qadar bo’lib o’tadigan TEKNOFEST aviatsiya texnologiyasi festivali 2018-yildan buyon har yili, Turkiya Respublikasi sanoat va texnologiya vazirligi va Turkiyaning texnologiya jamoasi fondi (T3 foundation) tomonidan Selchuk Bayraktar boshchiligida o'tkaziladi.
TEKNOFEST festivalining bu yilgi tashkilotchilari Ozarbayjon Raqamli rivojlanish va transport vazirligi, Turkiya Respublikasi sanoat va texnologiya vazirligi va Turk texnologiya jamoasi fondi (T3 fondi) hisoblanadi.
To'rt kunlik mazkur ko’rgazmaga Ozarbayjon prezidenti Ilham Aliyev va Turkiya prezidenti Rejab Tayyip Erdo’ganning tashrifi hamda 33 mamlakatdan 500 dan ortiq xorijliklar, 200 mingdan ortiq mehmonlar ishtirok etishi kutilmoqda.
Tadbirning maqsadi aviatsiya, kosmik sanoat va raqamli iqtisodiyotni ommalashtirish, hamda ushbu sohalarda tadbirkorlikni rag'batlantirishdir.
OAV ma'lumotlariga ko'ra, TEKNOFESTDA Turkiyaning zamonaviy texnologiyalariga asoslangan mahsulotlar ko'plab mudofaa sanoati kompaniyalari tomonidan taqdim etiladi. Qardosh mamlakat delegatsiyasi tarkibiga sanoat va texnologiya vaziri Mustafo Varank va Turkiya texnologiya jamoasi vasiylik kengashi raisi Salchuk Bayraktar kiradi.
Bundan tashqari, ko’rgazmaga turk yulduzlarining tashrifi ham kutilmoqda, ularning yorqin ijrosi tadbirning ko'ngilochar qismidan o’rin olgan. Festival Bakı Kristal zali MCHJ va Primorskiy milliy bog'i hududida bo'lib o'tadi, deya xabar beradi Ozarbayjon raqamli rivojlanish va transport vaziri Rashad Nabiyev.
Festival doirasida "Robototexnika", "Yashil texnologiyalar (GreenTech)", "Agrar texnologiyalar (AgriTech)", "Dronlar (PUA)", "Havaskor sun'iy yo'ldosh simulyatsiyasi", "Ijtimoiy yo'naltirilgan texnologiyalar", "Hackathon Smart Qarabağ" va boshqa tanlovlar bo'lib o'tadi.