4 oyda 1,1 mlrd. АQSh dollariga teng toʼqimachilik mahsulotlari eksport qilingan

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2022-yilning yanvar-aprel oylarida Oʼzbekistondan qiymati 1,1 mlrd. АQSh dollariga teng toʼqimachilik mahsulotlari eksport qilingan.

Bu umumiy eksport hajmining 15,1 % ni tashkil etib, oʼtgan yilning mos davriga nisbatan 24 % ga oʼsgan.

Oʼzbekistondan 4 oy davomida dunyoning 62 ta davlatiga 452 turdagi toʼqimachilik mahsulotlari eksport qilingan.

Toʼqimachilik mahsulotlari eksporti hajmi:

Paxtadan yigirilgan ip – 592 mln.
Tayyor trikotaj mahsulotlari – 249 mln.
Naqshli mato – 90,7 mln.
Paxtadan gazlamalar – 48 mln.
Ipak va ipak mahsulotlari – 21 mln.
Paxta mahsulotlari – 14,2 mln.
Gilamlar – 9,7 mln.
Boshqa toʼqimachilik mahsulotlari – 41 mln. АQSh dollari