4 ta xorijiy kompaniya O‘zbekistonda quyosh fotoelektr stansiyalarini qurishga qiziqish bildirmoqda

Ma'lum qilinishicha, O‘zbekistonning 3 ta viloyatida umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish bo’yicha tenderda BAA, Turkiya, Xitoy va Fransiyaning yirik kompaniyalari ishtirok etmoqda.

Tender shartlariga ko’ra, Buxoro viloyatida 250 MVt, Namangan viloyatida 150 MVt va Xorazm viloyatida 100 MVt quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish belgilangan.

Buxoro viloyatidagi loyiha uchun tanlov ishtirokchilari 63 MVtdan jami 125 MVt.soat elektr energiyasi bera oladigan kimyoviy energiya saqlash akkumulyator tizimini (BESS) qurish bo‘yicha ham o‘z takliflarini taqdim etishgan.

Tenderning ikkinchi bosqichi shunday tuzilganki, eng yirik loyiha g‘olibi (Buxoro viloyatida 250 MVt) Namangan va Xorazm viloyatlaridagi qolgan ikkita loyiha bo‘yicha tenderda qatnasha olmaydi va huddi shunday, Namangandagi loyiha g‘olibi Xorazmdagi loyiha tenderida ishtirok etolmaydi.

Tenderda ishtirok etayotgan kompaniya va konsorsiumlar:

Abu Dhabi Future Energy Company PJSC – Masdar (BAA) – yirik ishtirokchi – barcha 3 ta loyiha uchun taklif bergan;
Alarko Holding AS (Turkiya) – o‘rta ishtirokchi – faqat Namangan va Xorazm viloyatlaridagi loyihalar uchun;
Konsortsium: GD Power (Xitoy) va Powerchina (Xitoy) – yirik ishtirokchi – barcha 3 ta loyiha uchun taklif bergan;
Voltalia SA (Fransiya) – kichik ishtirokchi – faqat Xorazm viloyatidagi loyiha uchun taklif bergan.