400 million dollarlik investitsion loyihaning tender g'oliblari abiqlandi

Samarqand va Jizzax viloyatlarida 220 MVt quvvatga ega ikkita fotoelektrik stansiyani qurish bo'yicha o'tkazilgan xalqaro tender natijalariga ko'ra Birlashgan Arab Amirliklari kompaniyasi g'olib bo'ldi.

Tanlovda Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, BAA, Hindiston, Janubiy Afrika, Rossiya, Ispaniya, Norvegiya va Fransiyadan 18 ta kompaniya ishtirok etdi.

 

Jizzax viloyatida fotoelektrik stansiya qurish loyihasi bo'yicha xalqaro tender g'olibi "Abu Dabi Future Energy Company PJSC (Masdar)" (BAA) kompaniyasi ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun 1,823 sentlik tarifini taqdim etdi.

Mazkur tenderda "Jinko Power Technology Co.", «China Power International Holding (CPIH) Ltd."va" Jinko Power (HK) Co. Ltd." konsorsiumlari zaxira g'oliblari deb topildi va kVt soat elektr energiyasi uchun 2,305 sent tarifini taklif etdi. 

 

Samarqand viloyatida fotoelektrik stansiya qurish loyihasi bo'yicha ham xalqaro tender g'olibi "Abu Dabi Future Energy Company PJSC (Masdar)" (BAA) kompaniyasi ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun 1,791 sentlik tarifini taqdim etdi.

 

Mazkur tenderda "Jinko Power Technology Co.", «China Power International Holding (CPIH) Ltd."va" Jinko Power (HK) Co. Ltd." konsorsiumlari zaxira g'oliblari deb topildi va kVt soat elektr energiyasi uchun 2,228 sent tarifini taklif etdi.

 

Avval xabar qilinganidek, loyiha Quyosh energiyasi hisobidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasi hajmini 5 Gwgacha yetkazish va mamlakat umumiy energetika balansidagi muqobil energiya manbalari ulushini 25 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda, bu esa o'z navbatida O'zbekistonning gaz va ko'mirga bo'lgan energetik qaramligini kamaytiradi. Ushbu ikki loyihani amalga oshirish uchun jalb qilingan investitsiyalar miqdori 400 million dollarga baholanadi.