5 milliondan ortiq fuqaro Ukrainani tark etgan

Qoʼshni davlatlarga kelgan Ukraina fuqarolari soni 5 million kishidan oshdi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar boʼyicha Oliy komissarligi boshqarmasi Ukrainadagi migratsiya inqirozi atrofidagi vaziyat boʼyicha turli manbalardan olingan maʼlumotlarga tayanib xabar berdi.
BMT Qochqinlar boʼyicha Oliy komissarligi maʼlumotlariga koʼra, 24-fevraldan 19-aprelgacha 5 million 34 ming 439 nafar ukrainalik qoʼshni davlatlarga joʼnab ketgan, ularning yarmidan koʼpi Polshaga yetib kelgan.
Shu tariqa, Polsha chegarasidan 2 825 463 nafar ukrainalik, Ruminiyadan 757 047 nafar, Rossiyadan 549 805 nafar, Vengriyadan 471 080 nafar, Moldovadan 426 964 nafar, Slovakiyadan 342 813 nafar va Belorussiyadan 23 7109 nafar ukrainalik fuqarolar chegarani kechib oʼtishgan.
Bundan tashqari, 2022-yilning 18-fevralidan 23-fevraliga qadar Ukrainaning Donetsk va Lugansk viloyatlaridan 105 ming kishi Rossiyaga qochgan.






