5-sentabr barcha ta’lim muassasalari uchun 2022-2023-o‘quv yilining ilk o‘qish kuni

Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasining ma'lum qilishicha, O'zbekistondagi barcha ta'lim tashkilotlarida dars jarayonlari 5-sentabrdan boshlanadi.
Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar 4 kun dam oladilar.
1-sentabr — payshanba (ishlanmaydigan bayram kuni);
2-sentabr — juma (ish haftasi turidan qat’iy nazar qo‘shimcha dam olish kuni);
3-sentabr — shanba (olti kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);
4-sentabr — yakshanba (dam olish kuni).
5-sentabr, dushanba kuni barcha ta’lim muassasalari uchun 2022-2023-o‘quv yilining ilk o‘qish kuni bo‘ladi.






