5 yillik davrida Shavkat Mirziyoyevning eng yaxshi 15 islohoti

"Yuksalish" umummilliy harakati so‘nggi besh yilda mamlakat hayotida katta o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan, eng samarali tashabbus hamda islohotlarni aniqlash uchun ekspertlik so‘rovini o‘tkazdi.
1. Markaziy Osiyoda yaxshi qo'shnichilik aloqalarini o'rnatilishi.
2. Valyuta bozorining erkinlashtirilishi, naqd pul bilan bog‘liq muammolar bartaraf etilishi.
3. Davlat xizmatlari markazlarining ishga tushirilishi, ortiqcha byurokratiyaga barham berilishi.
4. Turizmni rivojlantirish doirasida 90 mamlakat uchun vizasiz rejim joriy etilishi.
5. Majburiy mehnat mehnatining tugatilishi.
6. Aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha yangi tizimning joriy etilishi.
7. OAVlarning jamiyatdagi, muhim hukumat qarorlar qabul qilinishidagi rolining oshirilishi.
8. Gender siyosatini yangi bosqichga olib chiqilganligi, xususan Respublika Gender komissiyasining tashkil etilishi.
9. Oliy ta’lim tizimining rivojlantirilishi: universitetlarga qabul kvotalarining oshirilishi, milliy va xorijiy OTMlar filiallarining ochilishi.
10. Biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish va uni yuritish bo‘yicha jarayonlar soddalashtirilishi.
11. Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha kompleks yondashuv shakllanishi.
12. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy va institutsional o‘zgarishlarning amalga oshirilishi.
13. Yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimi joriy etilishi.
14. O‘zbekistonda to‘g‘ridan-to‘g‘ri 15 yil davomida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga fuqarolikni qabul qilish tartibining joriy etilishi.
15. Orol dengizining suvi qurigan tubida o‘rmon barpo qilinishi.
Qayd etish joizki, ekspertlik so‘rovi yetakchi siyosatchilar, iqtisodchilar, olimlar, jurnalistlar, huquq himoyachilari va boshqa jamoat faollaridan iborat 100 nafar mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirokida o‘tkazildi.






