5G halokatlimi?

АQShning eng yetakchi 10 ta aviakompaniyasi 5G xizmatlarining keng joriy qilinishi halokatli boʼlishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
Ularning taʼkidlashicha, yangi texnologiya minglab reyslarni kechiktirishi va АQSh samolyotlarining katta qismi nomuayyan muddatga umuman parvoz qilmasligi mumkin.
5G radiosignallarga tayanadi. АQShda 5G uchun foydalaniladigan radiochastotalar S-diapazon deb nomlanuvchi spektrning bir qismidir.
Bu chastotalar samolyotning yerdan balandligini oʼlchaydigan, shuningdek, xavfsizlik va navigatsiya tizimlari uchun maʼlumot beruvchi samolyot radio altimetrlari ishlatadigan chastotalarga yaqin.
Xavotir shundaki, 5G signallari shovqini ushbu vositalarning toʼgʼri ishlashiga toʼsqinlik qilishi va xavfsizlik bilan bogʼliq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin, ayniqsa, samolyotlar qoʼnayotganda.
Bu samolyotning qoʼnish vaqtida sekinlashishini qiyinlashtirib, uning uchish-qoʼnish yoʼlagidan chiqib ketishiga olib kelishi mumkin.
Signallarga jiddiy xalaqit berilgan hollarda samolyotlarga radio altimetrdan foydalanishga ruxsat berilmaydi.
Аmmo bu baʼzi samolyotlarning koʼrish masofasi cheklangan sharoitda qoʼnish imkoniyatini cheklaydi.






