653 dan ortiq elektrobus sotib olish uchun OTB va Jahon banki kreditlari jalb qilinadi

Toshkent hukumati 2025-yil oxirigacha 653 tadan ortiq elektrobus sotib olish maqsadida Osiyo taraqqiyot banki va Jahon bankidan kredit jalb qilishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, markaziy ko‘chalar bo‘ylab o‘rnatilgan birinchi pullik avtoturargohlar faoliyati 2022-yil 1-noyabrdan keyin yo’lga qo’yilishi haqida ham xabarlar mavjud.

Bundan tashqari, Samarqand avtomobil zavodi 200 dona SAZ LE 60 rusumli past polli avtobuslarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolagan bo‘lsa, ayni paytda 60 dona shunday avtobuslar yetkazib berilgan.

Hamda, oʻnta markaziy koʻchalar yoʻl boʻyida pullik avtoturargohlarni tashkil etish ustida ish olib borilib, loyiha davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilmoqda.