7000 ta velosiped uchun noodatiy suv osti turargohi

Niderlandiya poytaxti Amsterdamdagi markaziy vokzal yaqinida velosiped to’xtash joyidagi muommolar 7000 ta velosiped uchun suv osti turargohi qurilishiga sabab bo’ldi. 26-yanvarda ochilishi rejalashtirilayotgan ushbu turargoh 60 million yevrolik va to’rt yillik loyiha natijasi sanaldi.

Ma’lum qilinishicha, mamlakatda bugungi kunda butun shahar bo’ylab ko’plab zanglagan velosipedlarni egalari tomonidan qoldirib ketish holatlari kuzatilmoqda. Bu muommoni hal etish maqsadida qurilgan turargohda velosipedlar 24 soat davomida bepul, keyinchalik esa, so’nggi 24 soat uchun 1,35 yevro qo’shimcha haq evaziga qoldirilishi mumkin bo’ladi.

Qayd etilishciha, turargohda bo’sh joylar borligini ko’rsatuvchi qizil va yashil ko’rsatkichlar mavjud bo’lib, aprel oyidan boshlab dinamik tizim yo’lovchilarga qaysi velosiped to’xtash joyida qancha joy borligini ko’rsata boshlaydi.

P.S. Amsterdamning 835 000 nafar aholisi kuniga o’rtacha 665 000 marta velosipedda harakatlanadi va bu shahar bo’ylab harakatlanishlar sonining 36 foizini tashkil qiladi. Avtomobillar uchun esa bu ko’rsatkich atigi 24 foizni tashkil etadi.