81 davlatdan xorijiy talabalarni jamlagan “Ibn Haldun” universiteti vakillarining «JIDU»ga tashrifi

Joriy yilning 10-noyabr Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga Istanbulning Ibn Haldun universiteti vasiyik kengashi raisi o‘rinbosari Nejmeddin Bilal Erdo’gan boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Ma'lumot uchun, Ibn Haldun universiteti Turkiya Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan 2017-yilda tashkil etilgan. Ayni vaqtda mazkur universitetda 1800 nafar talaba tahsil olmoqda. Ular orasida 81 davlatdan xorijiy talabalar ham mavjud.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti delegatsiyasini turkiyalik mehmonlarga tanishtirib, ularni O‘zbekistonga tashrifi bilan qutladi.

O'quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor Durbek Amanov so‘z olib, Ibn Haldun universiteti delegatsiyasiga rector Sodiq Safoyevning salomi, iliq tilaklarini yetkazdi.

Muloqot davomida Turkiya delegatsiyasi a’zolaridan Ibn Haldun universiteti rektori Atilla Arkan, universitet vasiylik kengashi raisi Irfan Gündüz hamda universitet vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Necmeddin Bilal Erdoğan so‘z olib, O‘zbekiston tomoniga, shuningdek, jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga iliq kutib olganliklari uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Universitetlararo talabalar munosabatlari yangi darajaga ko‘tarilishi haqida so‘z bordi. Bunda talabalar hamda professor-o‘qituvchilar uchun o‘quv-almashinuv dasturlarni amalga oshirish ta’kidlandi hamda Ibn Haldun universiteti va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tomonidan bir haftalik yozgi oromgoh tashkil etilishi taklif etildi.

Uchrashuv yakunida, tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolandi.