A Seriya o'yinlarida yoritish tizimi kamroq qo'llaniladi

Yevropa qit'asida energiya inqirozi sababli Italiya A Seriyasi bahslarida yoritish tizimi (projektor) kam qo‘llanilishi to'g'risida qaror qabul qilindi.

Ko‘pgina Yevropa mamlakatlarida elektr energiyasi narxi bu yil energiya inqirozi tufayli yuqori darajaga ko‘tarildi, bunga boshqa narsalar qatori Rossiyadan gaz yetkazib berish qisqarishi tufayli narxning oshishi sabab bo‘ldi. Elektr energiyasi narxi o‘tgan yilgiga nisbatan 10 baravarga oshgan.

Shu sababli A Seriya stadionlarda projektorlarni foydalanish vaqtini qisqartirishini e’lon qildi. 5-turdan boshlab yoritish tizimi 4 soatdan ortiq ishlatilmaydi.

Kunduzgi o‘yinlar oldidan 90 daqiqa emas, 60 daqiqa oldin projektorlar yoqiladigan bo‘ldi. Bu VAR tizimini sozlab olish uchun kerak bo‘lar edi.

Ayni damda Italiya stadionlarining energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.