Abdulaziz Kamilov Seulda amaliy tashrif bilan uchrashuvlar o'tkazdi

Abdulaziz Kamilov Seul shahrida Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Chon Iy Yon va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) prezidenti Son Hyok Sang bilan uchrashdi.
Tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Abdulaziz Kamilov Koreya Respublikasining Koreya yarim orolidagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilish borasidagi siyosatini O‘zbekiston qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi. O'z navbatida, Janubiy Koreya tomoni Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan yaxshi qo'shnichilik aloqalarini o'rnatishni qo'llab-quvvatlashga rozilik bildirdi.
KOICA prezidenti bilan uchrashuvda agentlikning O‘zbekistondagi vakolatxonasi ochilganidan buyon umumiy qiymati 130 million AQSh dollari miqdoridagi 32 dan ortiq loyihalar amalga oshirilganligi, 2 mingdan ortiq o‘zbekistonlik mutaxassislarning Koreya Respublikasida amaliyoti tashkil etilganligi, 570 dan ortiq KOIKA ko‘ngilli ekspertlari jalb qilinganligi ta’kidlandi.






