Abdulaziz Komilov Pokiston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Antaliya shahrida O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Pokiston tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiy bilan uchrashdi, deb xabar berdi O'zbekiston TIV matbuot xizmati.

Diplomatik forum davomida vazirlar turli loyihalarni ishlab chiqish tufayli Afg'onistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiyotini tiklash kabi masalalarni muhokama qildilar. Shuningdek, 15-16-iyul kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyani o‘tkazilishining barcha masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuni ta'kidlash kerakki, bunday muzokaralar Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan munosabatlarni mustahkamlaydi, shuningdek, mintaqadagi muammolarni hamkorlikda hal qilishga yordam beradi.