Abdulaziz Komilov YXHT Bosh kotibi bilan uchrashdi

Tomonlar Afg‘onistonni mojarodan keyin qayta tiklash zarurligini ta’kidladilar.
O'zbekiston Tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Komilov Stokgolmga tashrifi chog'ida Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi, Helga Schmid bilan uchrashdi.
Tomonlar keyingi yillarda O‘zbekiston va YXHT o‘rtasidagi hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Ular transmilliy tahdidlarga qarshi kurashish, davlat boshqaruvi samaradorligi va shaffofligini oshirish, raqamli va yashil iqtisodiyotni rivojlantirish, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda inson huquqlarini himoya qilish, gender tamoyillarini ilgari surish kabi sohalarda konstruktiv muloqotni o'zaro faollashtirishdan manfaatdor ekanliklarini ta’kidladilar.
Helga Schmid O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan BMTning Markaziy Osiyoda terrorizmga qarshi global strategiyasi amalga oshirilishining 10 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyani YXHT bilan hamkorlikda tashkil etishga tayyorligini tasdiqladi.
Tashkilot a'zolari Afgʻoniston borasida, mamlakatni mojarodan keyingi tiklanish masalalari boʻyicha kelishilgan va konsolidatsiyalangan pozitsiyasini ishlab chiqish zarurligi qayd etdilar.






