Abdulaziz Kamilovning Dushanbedagi uchrashuvlari to‘g‘risida

Avvalgi maqolalarda yozganimizdek, 13-14 iyul kunlari Abdulaziz Kamilov Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi.
13-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Pokiston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshi, Afg‘oniston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar va Hindiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Muzokaralar davomida ushbu mamlakatlar bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.






