Abdulla Aripov Bishkekdagi YEOII sammitida ishtirok etdi

9-dekabr kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar rahbarlari sammiti o’tkazildi. Unda O‘zbekiston nomidan Bosh vazir Abdulla Aripov, Rossiya, Belarus, Аrmaniston, Qirgʼiziston va Qozogʼiston rahbarlari ishtrk etdilar.
Ma'lum qilinishicha, sammitda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining dolzarb masalalarini koʻrib chiqish, integratsiya jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, yagona tovar va xizmatlar bozori faoliyatini takomillashtirish boʻyicha yoʻnalishlarni belgilash rejalashtirilgan edi.
Shuningdek, bir qator muhim aniq qarorlar qabul qilinishi, jumladan, energetika sohada rejalar oldinga surilishi aytilgan.






