Abdullaxon madrasasining bir qismi qulashi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Iyul oyi oxirida Buxoro shahridagi «Abdullaxon» madrasasi devorining bir qismi qulab tushgan edi. Holat yuzasidan «mansabga sovuqqonlik bilan qarash» moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ish Jinoyat kodeksining 207-moddasi (xizmat vazifasini suiiste'mol qilish) bilan ochilgan. Bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki uch 100 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Madaniy meros ob'ekti bo'lgan Abdullaxon madrasasining qisman qulashi avgust oyining boshlarida ma'lum bo'ldi. Buxoro viloyati hokimligi fikricha, madrasa uzoq muddatli noqulay omillar - issiqlik, sovuqlik va yer osti suvlari ta'siri tufayli qulab tushdi.






