«ACWA Power» O'zbekistonda 1,1 GVt quvvatga ega shamol elektr stansiyalarini quradi

25-iyul kuni Energetika vazirligi delegatsiyasining Saudiya Аrabistoni energetika vazirligi bilan uchrashuvi boʼlib oʼtdi. Yigʼilishda 1,1 GVt quvvatga ega shamol elektr stantsiyalarini qurish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar energetika sohasidagi hamkorlik loyihalarining rivojlanayotgani, xususan, Oʼzbekiston energetika sohasidagi qator loyihalarda “ACWA Power” kompaniyasining faol ishtirok etayotganini alohida taʼkidladilar.
Yigʼilishda energetika vazirining birinchi oʼrinbosari Аzim Аxmedxadjaev taʼkidlaganidek, kompaniyaning Oʼzbekistonda rejalashtirilgan elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlarining umumiy hajmi bugungi kunda 2,6 GVtni tashkil etadi, yaʼni 1,1 GVt – Buxoro viloyati va Qoraqalpogʼiston Respublikasidagi shamol elektr stantsiyalari hamda Sirdaryo viloyatidagi 1,5 GVt quvvatga ega issiqlik elektr energiyasi hisoblanadi.
Uchrashuvda “ACWA Power” kompaniyasi bilan ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Yigʼilishda 1,1 GVt quvvatga ega shamol elektr stantsiyalarini qurish masalalari muhokama qilindi. Bugungi kunga kelib, yer maydonlari aniqlangan va shamolning birlamchi tadqiqotlari olib borilmoqda.
Shuningdek, tomonlar gaz va elektr tarmoqlarini mahalliylashtirish, qayta ishlash, rivojlantirish va raqamlashtirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, inson kapitalini rivojlantirish kabi yoʼnalishlarni qamrab oluvchi hamkorlik boʼyicha doiraviy bitim va “yoʼl xaritasi”ni ishlab chiqish yuzasidan alohida ishchi guruhlar tuzishga kelishib oldilar.






