Adham Ikramov Turkiya Iqtisodiyot va Texnologiyalar universiteti rektori Yusuf Sarinay bilan uchrashdi

24 - yanvar kuni Turkiya Iqtisodiyot va Texnologiyalar universitetining Toshkent shahridagi filiali rektori, Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikramov Turkiya Iqtisodiyot va Texnologiyalar universiteti rektori Yusuf Sarinay bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida A.Ikramov tashrif uchun minnatdorchilik bildirib, Turkiya mamlakati bilan ko’p tomonlama hamkorliklar rivojlanib borayotganini ta’kidladi.

Shu jumladan Oliy ta’lim tizimidagi hamkorlikning ham rivojlanib borayotgani, xususan TOBB ETÜ universitetining Toshkent shahrida ham fililai tashkil etilganligi buning yaqqol misoli hisoblanishi aytib o‘tildi.
Shuningdek, Yusuf Sarinay tomonidam ham yuqorida ta’kidlangan fikrlar tasdiqlanib, hozirgi kunda ikki mamlakatning bir qator universitetlati rektorlari o’rtasida tajriba almashish tizmimi yo’lga qo’yilganini ta’kidladi. O’zbekistonda Turkiyaning yana bir qator universitetlarini ochish rejalashtirilayotganini aytib o’tdi.

Uchrashuv davomida TOBB ETÜ universiteti Toshkent fililali ijrochi direktori D.Begmatova Universitetning Toshkent shahrida tashkil etilgan fililaning faoliyati, o’quv tizimini rivojlantirish bo’yicha tashkil qilingan tizm haqida taqdimot qildi.

Ushbu taqdimot davomida talabalarga yaratib berilgan sharoitlar, ta’lim tizmini dual tizmda davom ettirish bo’yicha rejalashtirilayotgan loyihalar ko’rsatib o’tildi.

Ta’kidlash joizki, TOBB ETÜ universitetini Toshkent shahrida va aynan Savdo-sanoat palatasi qoshida tashkil etilishi, kelgusida yetishib chiqadigan kadrlarni iqtisodiy bilimlarini amaliy nuqtai nazardan mustahkamlash imkonini yaratadi.

Uchrashuvda TOBB ETÜ Toshkent universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish, talabalarning bilim olishlari uchun yuqori standartlarga javob bera oladigan zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish hamda o’qituvchilarning bilim saviyalarini yanada yuksaltirish borasida takliflar berildi.

Xususan, Yusuf Sarinay tomonidan TOBB ETÜ Toshkent universitetiga yana bir qancha proffesor o’qituvchilarni jo’natish rejalashtirilgani qayd etildi.