Adliya vazirligida Situatsion markaz faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Situatsion markaz orqali Davlat xizmatlari markazlari va FHDYO organlaridagi xizmat ko‘rsatish jarayonini real vaqt rejimida kuzatish, elektron murojaatlar hamda axborot tizimlar holati bo‘yicha monitoring qilish imkoniyati yaratildi.
Adliya vazirligi tomonidan aholining og‘irini yengil qilish va ortiqcha vaqtini tejash yo‘lida kundan-kunga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha innovasion loyihalar ustida ishlar olib borilmoqda.
Bugungi kunda, ushbu loyihalarni amalga oshirish maqsadida barcha Davlat xizmatlari markazlari hamda FHDYO organlari binolari to‘liq kuzatuv kameralari bilan jihozlantirildi.
Ushbu kuzatuv kameralari Adliya vazirligi binosida BMT Taraqqiyot Dasturining “O‘zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qo‘shma loyihasi doirasida barpo etilgan “Situatsion markaz” bilan bog‘langan.