Advokatlik faoliyati elektron litsenziyalashtiriladi

2023-yil 1-yanvardan, advokatlik faoliyatini lisenziyalash “Fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish” hamda “Ma'muriy va jinoiy sud ishlarini yuritish” ixtisosliklari bo'yicha amalga oshiriladi.

Talabgor lisenziya olish uchun arizani “Lisenziya” AT yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron yuboradi.

Litsenziya talabgorning doimiy yashash joyi bo'yicha cheklanmagan muddatga beriladi va O'zbekistonning butun hududida amal qiladi.

Arizani ko'rib chiqish uchun BHMning 50 foizi (150 ming so'm) miqdorida yig'im undiriladi.