Afg‘onistonda Ichki ishlar vazirligining maxsus ayollar otryadi tuzildi

Afg‘onistonda “Tolibon” hukumati ayollarni Ichki ishlar vazirligining jamoat xavfsizligi bo‘linmalaridan biriga xizmatga qabul qilishni boshladi. Ma’lum qilinishicha, ayollar Kobuldagi politsiya akademiyasida maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan.

“TACC”ning yozishicha, bu haqda Afg‘onistonning Ariana News telekanali xabar bergan.

Xabarlarda qayd etilishicha, ayrim yangi ayol politsiyachilar avval huquq-tartibot idoralarida xizmat qilgan ayollarni bosqichma-bosqich o‘z vazifalariga qaytishga chaqirmoqda. Ayollar otryadi tuzilganiga sabab sifatida telekanal “erkak politsiyachilar bajara olmaydigan vazifalarni bajarish zarurligini” keltirmoqda.