Afg‘oniston matbuot nazoratini kuchaytirmoqda

Khaama Press nashrining ma’lum qilishicha, Afg‘oniston hukumati jurnalistika bo‘yicha o‘quv dasturlarini o‘zgartiradi.

Qayd etilishicha, endilikda talabalarga “Vatanga fidoiyi bo‘lish” o‘rgatiladi. Innovatsiyalar qanday ko'rinishda bo'lishi esa noma'lum.

Shuningdek, qayd etilishicha, mamlakat hukumati ommaviy axborot vositalarining “hozirgi tuzum va islomga qarshi tashviqot vositasi”ga aylanishiga yo‘l qo‘ymasligini ta’kidlagan.