«Afg'oniston: xavfsizlik va iqtisodiy rivojlanish» xalqaro konferensiyasi

Toshkent shahrida 100 dan ortiq xorijiy delegatsiyalar ishtirokida "Afg'oniston: xavfsizlik va iqtisodiy rivojlanish" xalqaro konferensiyasi o'z ishini boshladi.

“Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy rivojlanish” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ochilish marosimi o’tkazilib, unda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov nutq so’zladi.

Shuningdek, xalqaro konferensiya davomida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Kamilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning konferensiya ishtirokchilariga murojaatini o‘qib eshittirdi.

Hamda, O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antonio Gutterishning konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.

Ta’kidlash joizki, “Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy rivojlanish” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ochilish marosimida Afg'oniston tashqi ishlar vaziri v.b. Amirxon Muttaqiyning ham ma’ruzasi tinglandi.